Konferensiya haqida
Farg'ona davlat universiteti 2026-yil 15-16-aprelda "Sun'iy intellekt va immersiv texnologiyalar: nazariya, amaliyot, kelajak" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Konferensiya o'tkazilish maqsadi – zamonaviy fan yutuqlari va natijalarini umumlashtirish va ommalashtirilish, yoshlarni innovatsion faoliyat va ilmiy-texnik ijodkorlikka keng jalb qilish, informatika va axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolarini muhokama qilish, sun'iy intellekt texnologiyalarini turli sohalarda rivojlantirish va joriy etish, shuningdek, sun'iy intellekt sohasida olib borilayotgan ishlar bo'yicha fikr almashishdan iborat. Bundan tashqari, konferensiya yosh olimlar, magistrantlar, doktorantlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot faoliyati sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Konferensiyaning ishchi tillari: o'zbek, qozoq, qirg'iz, rus, ingliz.
Konferensiya materiallari elektron to'plamda nashr etiladi.
KONFERENSIYA KOTIBYATI:
Ibragimov Sh.M., Mamatkаdirov M.M., Farmonov Sh.R., Sharofuddinov I., Tojimamatov I., Abdullayev Sh.S., Toshboltayev F.U., Shermatova X.M., Umirjonov L.A., Sobirjonov B.K., Raxmatjonov M.M., Yusupov M.A.
Konferensiya dasturi plenar ma'ruzalar (20 daqiqa), sektsiya ma'ruzalarini (10 daqiqa) nazarda tutadi.
MUHIM SANALAR
Konferensiya materiallari to'plamida nashr qilish uchun maqolalar 2026-yil 31-martgacha quyidagi havola orqali yuborilishi kerak: confdu2025@gmail.com.
QO'SHIMCHA MA'LUMOT
Konferensiyada ishtirok etish BEPUL.
Qo'shimcha ma'lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: +99891-660-87-07 yoki Telegram: @conf_amaliy2025 yoki @mirsaidbek_yusupov, shuningdek, e-mail orqali: mirsaidbeky@gmail.com
TASHKILIY QO'MITA MANZILI:
Farg'ona sh., Murabbiylar ko'chasi, 19-uy, FarDU, fizika-matematika fakulteti, AT-16, AT-17, AT-18, AT-19 xonalar. Elektron manzil: conf-amaliy2025.fdu.uz