"SUN`IY INTELLEKT VA IMMERSIV TEXNOLOGIYALAR: NAZARIYA, AMALIYOT, KELAJAK" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI

TESIZLARNI RASMIYLASHTIRISH

Materiallar hajmi kamida 3 va ko'pi bilan 5 to'ldirilgan sahifadan iborat bo'lib, MSWord muharririda terilgan bo'lishi kerak;

Rasmlar jpg yoki gif formatida bajariladi;

Sahifa parametrlari: chap – 3 sm., o'ng – 1,5 sm., yuqori va quyi 2 sm;

Shrift: TimesNewRoman, (o'lchami 12);

Interval – 1;

Abzas boshida chekinish – 1,0 sm;

Sahifalar raqamlanmaydi;

Chap yuqori burchakda UDK ko'rsatiladi;

Keyingi qatordan markazda ma'ruza mavzusi qalin shrift bilan bosh harflarda yoziladi;

Qatordan pastda muallif (mualliflar) F.I.Sh;

Qatordan pastda oliy o'quv yurti, muassasa va shahar nomi, e-mail;

Intervaldan keyin qizil qatordan maqola matni;

Maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltiriladi;

Formulalar MSEguation 3.0 dasturida bajarilgan bo'lishi kerak.

Materiallar tashkiliy qo'mita elektron manziliga ishtirokchi F.I.Sh. nomi bilan fayl shaklida yuboriladi. Masalan: ariza_Ivanova.doc, maqola_Ivanova.doc