Konferensiya haqida
Farg‘ona davlat universitetida 2025-yil 18-19-noyabr kunlari “Global transformatsiyalar asrida fan, texnologiyalar, innovatsiyalar” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanning o‘tkazilishidan maqsad – zamonaviy ilm-fan yutuqlari va natijalarini umumlashtirish va ommalashtirish, yoshlarni innovatsion faoliyat va ilmiy-texnik ijodkorlikka keng jalb etish, matematik-fizikaning zamonaviy muammolari, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, ishlab chiqish hamda sohalarga tadbiq etish, shuningdek respublikamizda sun’iy intellekt sohasida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish hamda yosh olim, magistrant, doktorant va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish.
Anjuman o‘z ishini o‘zbek, rus yoki ingliz tilida olib boradi.
Anjuman materiallari to‘plami elektron shaklda nashr etilishi rejalashtirilgan.
Anjuman Farg‘ona shahar, Farg‘ona davlat universiteti, fizika-matematika fakulteti binosida bo‘lib o‘tadi.
ANJUMAN KOTIBIYATI:
Farmonov Sh.R., Sharofuddinov I., Tojimamatov I., Mamanazarov A.O., Usmonov D.A., Abdullayev Sh.S., Toshboltayev F.Oʻ., Shermatova X.M, Ibragimov Sh.M., Mamatqodirov M.M., Mirzaakbarov D.D., Oʻrinov X.X.
Anjuman dasturida yalpi yig‘ilish (plenar) ma’ruzalari (30 daqiqa) hamda sho‘ba (seksiya)larda ma’ruzalar (15 daqiqa) qilish ko‘zda tutilgan.
MUHIM SANALAR
Ishtirok etish uchun talabnoma to‘ldirish 2025-yil 10-noyabrgacha, materiallarni qabul qilishni oxirgi muddati (2 betgacha) 2025-yil 10-noyabr. Anjuman materiallari https://conf-amaliy2025.fdu.uz sayti orqali qabul qilinadi. Anjuman ochilishi 2025-yil 18-noyabr. Anjumanning yopilishi 2025-yil 19-noyabr.
QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Anjumanning zarur bo‘lgan tashkiliy ishlari uchun 50000 so‘m badal belgilangan. Chet el ishtirokchilari uchun bepul.
Qoʻshmcha maʻlumotlarni
Telefon nomerlar: +99890-302-24-08 yoki +99894-090-01-54
Telegram: @conf_amaliy2025 yoki @Ismoilov2408
e-mail: ismoilov2408@gmail.com
manzillardan batafsil olishingiz mumkin.TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
Farg‘ona shahri, Murabbiylar 19, Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 101, 201, 210.