Konferentsiya haqida
Farg‘ona davlat universitetida 2025-yil 16-17-may kunlari xorijiy olimlar ishtirokida “Differensial tenglamalar va matematikaning turdosh bo‘limlari zamonaviy muammolari” mavzusida respublika ilmiy anjumani o‘tkaziladi.
Mazkur konferensiya differensial tenglamalar va matematik fizika sohasida taniqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Urinov Axmadjon Kushaqovich tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Anjuman Farg‘ona shahar, Farg‘ona davlat universiteti, fizika-matematika fakulteti binosida bo‘lib o‘tadi.
Anjumanning o‘tkazilishidan maqsad – differensial tenglamalar va matematikaning turdosh bo‘limlarining hozirgi dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish.
Anjuman materiallari to‘plami elektron shaklda nashr etilishi rejalashtirilgan.ANJUMAN KOTIBIYATI:
Xaydarov I.U., Rafiqov A.N., Ismoilov A.I., Oqboyev A.B, Farmonov Sh.R., Azizov M.S., Oripov Sh.A., Mamanazarov A.O., Oripov D.D., Usmonov D.A.
Anjuman dasturida yalpi yig‘ilish (plenar) ma’ruzalari (30 daqiqa) hamda sho‘ba (seksiya)larda ma’ruzalar (15 daqiqa) qilish ko‘zda tutilgan.
MUHIM SANALAR
Ishtirok etish uchun talabnoma to‘ldirish 2025-yil 15-aprelgacha, materiallarni qabul qilishni oxirgi muddati (2 betgacha) 2025-yil 1-may. Anjuman materiallari conffsu2025@gmail.com elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Anjuman ochilishi 2025-yil 16-may. Anjumanning yopilishi 2025-yil 17-may.
QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Anjumanning zarur bo‘lgan tashkiliy ishlari uchun 200000 so‘m badal belgilangan. Yashash joylari haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
Farg‘ona shahri, Murabbiylar 19, Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 101, 201, 210.